Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi: Bizni butunlay qulashdan bir necha soat ajratib turibdi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi: Bizni butunlay qulashdan bir necha soat ajratib turibdi

G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning doimiy o‘qqa tutishi oqibatida yoqilg‘i ta’minoti yetishmasligi sababli tibbiy muassasalar yaqinda to‘xtab qolishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda OAV vazirlik bayonotiga asoslanib xabar berdi.

«Bir necha soat bizni kasalxonalardagi generatorlar, tez tibbiy yordam va tibbiyot xodimlarini tashish mashinalariga zarur yoqilg‘i ta’minoti yetishmasligi natijasida G‘azo sektorida sog‘liqni saqlash tizimining to‘liq qulashidan ajratib turmoqda», — deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!