“Real” Anchelottiga rad javobini bergan

“Real” Anchelottiga rad javobini bergan

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishda markaziy himoyachi sotib olmoqchi edi. Relevo'ga ma’lum bo‘lishicha, David Alaba jarohatidan so‘ng "Los-Blankos" ustozi klubdan himoya markaziga yangi o‘yinchi sotib olishni so‘ragan, biroq rahbariyat italiyalikni rad etgan.

Manbaga ko‘ra, "Real" boshliqlari, Aureliyen Tchuameni yordamida himoyani kuchaytirish mumkinligini his qilishgan. 30 turdan keyin "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Anchelotti shogirdlari hisobida 75 ochko bor. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Barselona" o‘rtasidagi farq sakkiz ochkoni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!