Rasmiy xabar! Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan hamda texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi

Rasmiy xabar! Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan hamda texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishi”ning 6-sonli bayoni talablari asosida respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan 2020 yil 24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Ma’muriy amaliyot, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, Transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish (texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘lim va bo‘linmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha to‘xtatildi.

Shu bilan birga, belgilangan muddatlarda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan hamda texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmasligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli yurtdoshlar o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang. 
Yuqorida yetkazilgan ma’lumot va xabarlar yuzasidan savollar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent shahar IIBB YHXB:                                   71-255-10-47
Toshkent viloyati IIBB YHXB:                                71-265-08-51
Andijon viloyati IIB YHXB:                                 74-226-99-33
Farg‘ona viloyati IIB YHXB:                                   73-241-57-29
Namangan viloyati IIB YHXB:                                 69-234-06-06
Sirdaryo viloyati IIB YHXB:                                   67-227-32-93
Jizzax viloyati IIB YHXB:                                     72-223-95-52
Samarqand viloyati IIB YHXB:                               66-221-81-81
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB:                               75-225-02-05
Surxondaryo viloyati IIB YHXB:                              76-221-27-51
Navoiy viloyati IIB YHXB:                                     78-770-28-08
Buxoro viloyati IIB YHXB:                                      65-221-86-05
Xorazm viloyati IIB YHXB:                                     62-225-60-05
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB:          
61-225-14-37


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!