Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qildi

Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma’lum qilishicha, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamg‘arma Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozongani munosabati bilan mashina sovg‘a qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shuningdek, siyosatchining o‘z telegram-kanalida qo‘shimcha qilishicha, Grozniy hokimi Ibrohim Zakriyev jangchiga «Grozniy shahrining faxriy fuqarosi» unvonini berdi.

Rossiyalik jangchining otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovga «Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya sohasi xodimi» unvoni berildi.

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang 6 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan UFC 229 musobaqasida bo‘lib o‘tdi. Rossiyalik jangchi to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan o‘z raqibini taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jang paytida undan uzr so‘ragani xabar qilingandi.

Manba: 7news. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!