Radamel Falkao o‘z xizmatlarini «Real Madrid»ga taklif qildi

Radamel Falkao o‘z xizmatlarini «Real Madrid»ga taklif qildi

«Monako» klubining kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkao jamoada tezroq ketishni istab qoldi, deb yozadi Marca nashri.

32 yoshli hujumchi o‘z xizmatlarini «Real Madrid»ga taklif qilib ulgurdi. Madrid klubi mazkur variantni o‘rganib chiqmoqda. Klub jamoani kuchaytirishni boshqa variantlarini ko‘rib chiqayotgani boisdan bu taklifga jiddiy qarayotgani yo‘q. «Real»ning bir nechta direktorlari esa hujum chizig‘ining kuchaytirilishi tarafdori. Shu bilan birgalikda ular klubga yosh iqtidorlarni jalb qilish konsepsiyasiga ham amal qilishni yodda saqlashini ta’kidlagan.

Falkao esa «Monako»ning 16 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgani sabab klubdan ketish borasida bir qarorga kelib bo‘lgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!