Qo‘shrabotda tabiiy ko‘ldagi baliqlarni eshak go‘shti bilan boqishganmi?

Qo‘shrabotda tabiiy ko‘ldagi baliqlarni eshak go‘shti bilan boqishganmi?

Mahalliy aholining aytishicha, avvalari ko‘l atrofi bolalar dam olish oromgohi va istirohat bog‘i bo‘lgan. Yozning issiq kunlarida nafaqat Qo‘shrabot, balki qo‘shni tuman ahli ham kelib, shu yerda dam olib ketgan. Ko‘lda qayiqlar, uning atrofida turli ko‘ngilochar maskanlar bo‘lgan. Ayni paytda ko‘lning bir qismi qurib bo‘lgan. Endi asosiy ko‘l ham asta-sekin qurib bormoqda. Ammo bu muammoni o‘rganib, unga barham beradigan mas’ulning o‘zi yo‘q.
— Suvdan sassiq balchiq hidi keladi. Hozir bu yerda cho‘milish mumkinmi-yo‘qmi, buni ham bilmaymiz. Davlat sanitariya-epidimologiya markazi tuman bo‘limi xodimlari biror marotaba kelib tekshirmagan, o‘zining xulosasini aytmagan, — deydi G‘olib Do‘stqulov. — Bu ko‘lning tagi tozalanib, balchig‘i olinsa, ham suv ko‘payadi, ham toza bo‘ladi. Qolaversa, bemalol cho‘milish imkoniyati yaraladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 35 yildan buyon tozalanmagan ko‘l ma’lum muddat tadbirkorlarga berilgan. Tadbirkorlar baliq boqish maqsadida tabiiy ko‘lni har xil chiqindilar bilan to‘ldirib tashlagan.

– Suvga har xil go‘shtlarni olib kelib, qurtlatib, baliqqa yem qilish uchun tashlashardi. Hatto eshaklarni so‘yib kelib, ko‘l yoniga osib qo‘yib, qurtlatib, baliqlarga yedirardi. Baliqlar qurtdan oziqlanar ekan. Aynan shuning hisobiga 7-8 yildan buyon ko‘l achinarli ahvolga kelib qolgan, — deydi G‘olib Do‘stqulov.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!