Qo‘riqxonada "ovchi" qo‘lga olindi

Qo‘riqxonada "ovchi" qo‘lga olindi

Jizzax viloyati Forish tumanidagi "Nurota" davlat qo‘riqxonasi hududida noqonuniy ov qilib yurgan SH.D. ushlandi.

Bu shaxs Samarqand viloyati Payariq tumani "Nakurt" mahalla fuqarolar yig‘ini Ulpatan qishlog‘ida yashashi ma’lum bo‘ldi. Ushbu qonunbuzardan 1952 yilda ishlab chiqarilgan 1 stvolli, 16 kalibrli, ZK rusumli ov miltig‘i olingan.

Viloyat IIB axborot multimedia guruhi bergan xabarga ko‘ra, SH.D. ga nisbatan noqonuniy qurol saqlash va maxsus qo‘riqlanadigan hududda ov qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozmoqda O‘zA.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!