Qurilayotgan bino qulab tushdi. Qurbonlar bor

Qurilayotgan bino qulab tushdi. Qurbonlar bor

Meksikaning Nuyevo-Leon shtatidagi Monterrey shahrida qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, 13 kishi tan jarohati olgan.

Bu haqda Meksikaning Noticias MVS radiostansiyasiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Dastlab qulash vaqtida bino ichkarisida 26 kishi bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Ammo shtat Fuqaro mudofaasi kuchlari vakili Migel Perales bu o‘z isbotini topmaganini bildirib, ayni paytda 13 kishi qutqarib olingani aytib o‘tdi.

Qidiruv-qutqaruv tadbirlarida polisiya va harbiy xizmatchilar, shuningdek, kinologlar jalb etilgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!