Qo‘qonlik tabibning qo‘riqchilari jazolandi

Qo‘qonlik tabibning qo‘riqchilari jazolandi

Tabibga nisbatan esa surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda shundog‘am katta bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan «qo‘qonlik tabib» I. Soliyevning qo‘riqchilar qurshovida yurgani aks etgan lavha muhokamalarni badtar kuchaytirdi.

Xabar.uz so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «qo‘qonlik tabib»ning tan soqchilari javobgarlikka tortilgan.

“Tabib” nomi bilan tanilgan Iqboljon Soliyevni qo‘riqlab yurgan 4 nafar shaxs maxsus harbiy kiyimlardan noqoniniy foydanlangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Tabibning o‘ziga nisbatan esa tezkor-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!