Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan muhandis aniqlandi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan muhandis aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi” muhandisi U.T. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, unga ushbu boshqarma tasarrufidagi 20 sotix yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratib berishi evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, U.T.ning ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!