Qibrayda 70 yoshli chol dala hovlisida kannabis yetishtirgan, uyida marixuana saqlagan. "Bukrini go‘r tuzatadi", deb shunga aytishsa kerak

Qibrayda 70 yoshli chol dala hovlisida kannabis yetishtirgan, uyida marixuana saqlagan. "Bukrini go‘r tuzatadi", deb shunga aytishsa kerak

2011 yil­ – taqiqlangan ekinlar, ya’ni, giyohvandlik moddalari yetishtirish va o‘tkazish bilan shug‘ullangani uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, bugungi kunda ozodlikda bo‘lgan 70 yoshli nafaqaxo‘r B.D.dala hovlisidagi issiqxonasida jami 26 tup kannabis (tarkibida giyohvand moddasi bo‘lgan) o‘simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning xonadonida 6 kg marixuana giyohvandlik moddasi saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Qibray tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi hamda 276 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!