Qashqadaryodagi adirda erkak kishining jasadi topildi. Uni ayol kishi o‘ldirgani aytilmoqda

Qashqadaryodagi adirda erkak kishining jasadi topildi. Uni ayol kishi o‘ldirgani aytilmoqda

“Youtube” ijtimoiy tarmog‘ida “O‘g‘limning qotili ozodlikda yuribdi” nomli videolavhali xabar tarqalgan. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi bu xabarga munosabat bildirdi.

Joriy yilning 26 iyun kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “To‘laqul” qishlog‘ida yashagan J.Abdurasulovning jasadi yashash uyidan chamasi 200 metr uzoqlikdagi adirlikdan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyi prokuratura va IIB xodimlari ishtirokida ko‘zdan kechirilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan zudlik bilan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari tashkillashtirilgan.

Tergov jarayonida ushbu jinoyatni N.J. (ayol kishi) sodir etganligi aniqlanib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan holda, sud ajrimi bilan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tuman prokurori tomonidan marhumning yaqin qarindosh-lari bilan ularning xonadoniga borgan holda suhbat o‘tkazilib, barcha vajlariga tergov jarayonida qonuniy baho berilishi tushuntirilgan.

Tergov jarayonida barcha holatlar to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!