Qashqadaryoda yuk mashinasi o‘quvchini urib yubordi. O‘quvchi halok bo‘lgan

Qashqadaryoda yuk mashinasi o‘quvchini urib yubordi. O‘quvchi halok bo‘lgan

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yubordi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 15 may kuni sodir bo‘lgan.

Kamaz yuk mashinasi Samarqand-G‘uzor avtomobil yo‘lidan harakatlanayotib Ko‘kdala tumanida joylashgan 37-maktab oldidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!