Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida “Temurbeklar” musobaqasining viloyat bosqichlari o‘tkazildi

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida “Temurbeklar” musobaqasining viloyat bosqichlari o‘tkazildi

Qarshi shahrida umumta’lim maktab o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida Temurbeklar harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilgan Temurbeklar harbiy-sport jamoalarining 132 nafar ishtirokchilaridan iborat 11 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqani 700 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar bevosita kuzatib bordi.

Harbiy-sport musobaqaning viloyat bosqichi ishtirokchilari Mohir mergan , To‘siqlardan oshib yugurish , Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish , Minalashtirilgan hududda harakatlanish hamda Maxfiy parollar bilan ishlash kabi jami 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:

  • 1-o‘rin Yakkabog‘ tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
  • 2-o‘rin Nishon tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
  • 3-o‘rin Mirishkor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Kasbi tumanidagi 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoalari.

Shuningdek, bugun, 19 may kuni Chirchiq shahrida ham Temurbeklar harbiy-sport o‘yinlarining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan bahslar davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va epchilligini namoyon etib, o‘z jamoalarini g‘oliblar qatoriga qo‘shish uchun bor mahoratlarini ko‘rsatdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:

  • 1-o‘rin Chirchiq shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Qalqon jamoasi;
  • 2-o‘rin Bo‘stonliq tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Fidokorlar jamoasi;
  • 3-o‘rin Oqqo‘rg‘on tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Burgutlar jamoasi qo‘lga kiritdi.

Har ikki musoboqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!