Qariyalarni e’zozlaydigan va hurmat qilmaydigan davlatlar ma’lum bo‘ldi

Qariyalarni e’zozlaydigan va hurmat qilmaydigan davlatlar ma’lum bo‘ldi

Islandiya dunyodagi eng yaxshi pensiya tizimiga ega. Mamlakat Mercer CFA Institute global pensiya indeksida birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Gollandiya va Daniya egalladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ish haqi o‘sishining sekinlashuvi, tarixan past foiz stavkalari va aktivlarning ko‘p sinflarining past rentabelligi pensiya tizimiga qo‘shimcha moliyaviy bosim o‘tkazmoqda.

Dunyodagi eng yomon pensiya tizimiga ega davlatlar ham ma’lum bo‘lgan. Masalan, Tailand 43 mamlakat ichida oxirgi o‘rinni egalladi, undan keyin Argentina va Filippin turibdi.

To‘qqizinchi va 28-o‘rinlarni egallagan Buyuk Britaniya va Xitoy pensiya islohoti natijasida o‘tgan yilga qaraganda ancha yaxshilandi. 19-o‘rinni egallagan AQSh eng kam pensiya miqdorini oshirganida reytingda yuqori o‘rinni egallashi mumkin edi, deya ta’kidladi Mercer CFA Institute.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich bo‘yicha Gollandiya birinchi o‘rinni egalladi. O‘sha paytda mutaxassislar Argentina va Tailandni eng quyi pog‘onalarga munosib ko‘rishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!