Qamoqxonada vafot etgan Andijonning sobiq hokimi o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

Qamoqxonada vafot etgan Andijonning sobiq hokimi o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

10 yil muddatga ozodlikda mahrum etilgan Andijon shahrining sobiq hokimi Baxrom Haydarovning jazoni ijro etish muassasasidagi vafoti ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum B.Haydarov respublikada yagona hisoblanuvchi mahkumlarni davolashga mo‘ljallangan Toshkent shahrida joylashgan 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada jazo muddatini o‘tayotgan, ya’ni davolanayotgan bo‘lgan.

Ushbu kasalxona mingdan ortiq mahkumni davolashga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 ga yaqin shifokor va feldsherlar xizmat olib boradi. Mazkur muassasa mahkumlarni davolashga ixtisoslashgan respublikadagi yagona kasalxona bo‘lganligi uchun zaruriy va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan mazkur kasalxonaga monitoring tashriflari amalga oshirib kelingan, kasalxona hududida o‘rnatilgan “Ombudsman qutisi”ga kelib tushgan murojaatlar doimo ish yurituviga olingan.

Kasalxona tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, marhum B.Haydarov “Yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi FS-III, IKKS (2022 yil mart). Koronar qon tomirlar stentlash operasiyasidan keyingi holat (2022 yil aprel). Gipertoniya kasalligi III bosqich. Arterial gipertenziya-III. Xavf-IV (O‘ta yuqori)” tashxisi bilan 2024 yil 5 mart kuni soat 00:15larda kasalxonaning terapiya bo‘linmasida vafot etgan.

Ushbu holat haqida kasalxona rahbariyati tomonidan maxsus prokurorga va Jazoni ijro etish departamentiga ma’lumot hamda marhumning yaqin qarindoshlariga xabar berilgan. Maxsus prokuratura tomonidan sud-tibbiy ekspertlar jalb qilingan holda tekshiruv o‘tkazilgan. Shu kuni soat 8:30larda marhum o‘g‘li va qudasi tomonidan olib ketilgan.

Shu kuniyoq Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan suhbatlashdi.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!