Putin: Rossiyaning qulashi? Buni kutmang

Putin: Rossiyaning qulashi? Buni kutmang

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiyaning qulashi g‘oyasi G‘arbda o‘nlab yillar davomida ishlab chiqilgan.

“Bir necha o‘n yillar davomida G‘arb mamlakatlarida Sovet Ittifoqining va Rossiyaning qulashi g‘oyasi doimiy ravishda o‘ylab topilgan”, dedi Putin Samarqanddagi SHHT sammitidan keyingi matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ham Xitoyga qarshi kurashda Rossiyadan foydalanish g‘oyasini bildirgan.

"Buni kutmang", deb qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb tahlilchilari Rossiyaning qulashini istashlarini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!