Putin Qurbon hayitiga qanday ta’rif berdi?

Putin Qurbon hayitiga qanday ta’rif berdi?

Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Har bir musulmon uchun ahamiyatli bo‘lgan ushbu diniy bayram Qur’oni karimning asosi — taqvodorlik, adolat va rahm-shafqat, yaqinlarga bo‘lgan sevgi ramzi hisoblanadi. Shuni ta’kidlashni istardimki, ko‘p asrlik islomiy an’analarni qo‘llab-quvvatlab, musulmonlar mamlakatimizning madaniy xilma-xilligini saqlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashda ularning hissasi katta", — dedi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!