"PSJ" Vinisiusni sotib olmoqchi

"PSJ" Vinisiusni sotib olmoqchi

"PSJ" klubi "Real" hujumchisi Vinisius Juniorga yana bir bor qiziqish bildirmoqda. Parij gigantining braziliyalik yulduzni o‘z safiga jalb qilish niyati o‘tgan yili xabar qilingan edi, ammo forvard jamoa bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.

Kilian Mbappe yaqinda teskari yo‘nalishga ketgandi. U parijliklarni erkin agent sifatida tark etgan, keyin esa "Real" bilan shartnoma imzolagandi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra Vinisius Juniorning narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!