Prezident BAA energetika va infratuzilma vazirini qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” vazirlar muloqotining ikkinchi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Suhayl al-Mazruiy davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayh Muhammad Ol Maktum, vise-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi amirligi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuksak darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshgan.

“Yashil” energetika, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikasiya kabi tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Transafg‘on temir yo‘lining texnik loyihasini tayyorlash va qurilishini boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!