Poytaxtda havo ifloslanishida mazutning "aybi" yo‘q!

Poytaxtda havo ifloslanishida mazutning "aybi" yo‘q!

Energetika vazirligi shu mazmundagi rasmiy xabarni telegramm kanaliga joylagan. Xabarda yozilishicha, poytaxtda vazirlik tasarrufidagi energoblok va issiqlik markaz qozonxonalari mazut yoqilg‘isidan ajralgan gaz tashlanmalarini ekologik normativ hujjatlarga muvofiq filtrlar orqali havoni deyarli zararlantirmasdan faoliyat olib bormoqda.

"Bugun Toshkentda soat 14.10 da RM-2.5 mayda dispers zarracha bilan bog‘liq ifloslanish JSST talablaridan 32.4 marta yuqori darajada ifloslanishiga (https://t.me/iqlimshunos_kundaligi/188?single) mazut yoqilishi sabab emas" demoqda vazirlik o‘z xabarida.

Vazirlik mazut yoqilishining shahar havosi ifloslanishiga ta’siri yo‘qligini mana bu hisob-kitoblari bilan tushuntirishga harakat qilgan.

2 feral kuni ToshIES sutka davomida 5 ming tonnadan ko‘p mazut yoqqan ersa-da, o‘sha kuni poytaxt havosi sifati JSST dan 7 barobargacha oshgan. Bugun soat 14.00 ga qadar Tosh IES 2 fevraldagidan qariyib to‘qqiz barobar kam (600 tonna) mazut yoqqan bo‘lsa-da, havo ifloslanishi JSST talablaridan 32.4 marta yuqori ifloslanishi o‘z-o‘zidan mazut yonishidan ajralgan tashlama versiyasi nolga aylanishini nazarda tutgan.

Darvoqe, havo ifloslanishini keltirib chiqarayotgan manbalar, umuman mavjud ekologik nobarqaror vaziyat birgina tuzilma tomonidan hisobot shaklida berilmaydi. Bu yerda ko‘plab tuzilmalar ma’lumoti, xulosalari kerak. Masalan, havo sifati yomonlashishiga shamol yo‘nalishi, tezligi va ob-havo sharoiti kabi omillar ham asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!