Pokistondagi birinchi gey-klubni ochmoqchi bo‘lgan shaxs majburiy davolanishga jo‘natildi

Pokistondagi birinchi gey-klubni ochmoqchi bo‘lgan shaxs majburiy davolanishga jo‘natildi

Pokiston shimolidagi Abbotobod shahrida “Lorenzo” nomli bir jinsli munosabat tarafdorlari klubini ochish arizasi aholi va siyosatchilar norozilidan so‘ng rad etildi, murojaatchi esa Peshovardagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborildi.

Pokistonda birinchi geylar klubini ochishga uringan bir jinslilar bilan munosabatlar tarafdori majburiy davolanishga yuborildi. Bunga fuqarolar va siyosatchilar birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida erishdi, deb yozadi «Gazeta.ru».

Mamlakat shimolidagi Abbotobod shahrida «Lorenzo» nomli klub ochish uchun ariza topshirilgach, rasmiylar buni odatdagi tartibda ko‘rib chiqishni boshladi. Biroq bu xabar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgach, mahalliy aholi va siyosatchilarni g‘azablantirdi.

Pakistan Awami Tehreek (PATY) rahbari Nosir Xon Nazirning aytishicha, klubni ochishga ruxsat berilsa, "juda jiddiy oqibatlar" bo‘ladi. Shu partiyadan yana bir deputat binoga benzin quyib, o‘t qo‘yishini aytdi. Natijada, hukumat gey-klub ochish haqidagi arizani rad etdi va uning muallifiga Peshovardagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!