Pokiston bosh vaziri: “Usoma bin Lodinni shahid qilishdi...”

Pokiston bosh vaziri: “Usoma bin Lodinni shahid qilishdi...”

Pokiston bosh vaziri Imron Xon mamlakat parlamentidagi nutqida Islomobod va Vashington o‘rtasidagi tarang munosabatlarga to‘xtalar ekan, “Al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Lodinni eslab o‘tdi. 

“Amerikaliklar bu yerga keldi va bin Lodinni o‘ldirishdi. Uni shahid qilishdi”, – dedi bosh vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Al-Qoida” yetakchisi 2011 yilning 2 mayida o‘ldirilganidan keyin butun dunyodan Pokistonga haqoratlar yog‘ilib ketgan. AQSh esa Usoma bin Lodinni o‘ldirish bo‘yicha operasiya haqida Pokistonga xabar bermagan. 

“Evronyus” xabariga ko‘ra, Imron Xonning bu so‘zlari tanqidlarga sabab bo‘ldi. Parlamentda so‘zga chiqqan sobiq tashqi ishlar vaziri Havaja Osif shunday dedi: “Imron Xon bin Lodinni shahid deb atab, tarixni buzib ko‘rsatmoqchi”.   

Inson huquqlari himoyasi Mino G‘abinaning fikricha, terror hodisalari tufayli butun dunyodagi musulmonlar ayirmachilikka duch kelmoqda, Pokiston bosh vazirining Usoma bin Lodinni shahid deb e’lon qilishi esa vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. 

Texnologiya vaziri Favod Chaudxuri bosh vazirni himoya qilishga urinib, u shunchaki adashib ketib qolganini aytdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!