Pogba  «Yuventus»ga qaytishni istamoqda

Pogba  «Yuventus»ga qaytishni istamoqda

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba «Yuventus»ga qaytishni istamoqda.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi bir necha marta fransuzning transferini so‘ragan, ammo «qizil iblislar» yarimhimoyachiga katta narx belgilashgan – 130 mln yevro. 

Pogba vaziyatni o‘zgartirib, yana Italiyada o‘ynashni xohlayapti. U 2020/21 yilgi mavsum yakunini kutib, ingliz jamoasini arzonroq narxda tark etishni rejalashtirgan.

Avvalroq 27 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bosimsiz, juda xotirjamlik bilan olib borilayotganini aytgandi. Ammo, xabar qilinishicha, Pol vaqtdan yutib, shartnomani uzaytirmaslikni istamoqda.

Yarimhimoyachining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. Ammo bitimda klub uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi borasidagi band bor.

Ma’lumot o‘rnida, Pogba 2012-2016 yillar oralig‘ida «Yuventus»da o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!