Gaitida jangarilar to‘dasi hujumi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Gaitida jangarilar to‘dasi hujumi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Gaiti poytaxtidan 100 km shimolda joylashgan Pont-Sonde shahriga jangarilar to‘dasi hujumi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab tinch aholi jarohatlandi.

Bu haqda Gaitining Le Nouvelliste gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qaroqchilar shaharga hujum qilib, bir qancha binolarga o‘t qo‘ygan va otishma boshlangan. Pont-Sondening yuzlab aholisi shaharni tark etishga majbur bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!