Meksikada, Gvatemala bilan chegarada harbiylar adashib, bir guruh migrantlarni otib tashladi

Meksikada, Gvatemala bilan chegarada harbiylar adashib, bir guruh migrantlarni otib tashladi

Meksikada, Gvatemala bilan chegarada harbiylar adashib, bir guruh migrantlarni otib tashladi. 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra, migrantlar yuk mashinalarida ketayotgan bo‘lgan, ular kontrabandachilar yordamida chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Meksika armiyasi askarlari ularga qarata o‘t ochdi. 6 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Mamlakat rasmiylarining tushuntirishicha, harbiylar migrantlarni narkotik kartellari jinoyatchilari deb o‘ylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!