Hindistonda leopard yetti kishiga hujum qildi

Hindistonda leopard yetti kishiga hujum qildi

Hindistonning Rajastan shtatida leopard yetti kishini o‘ldirdi. Natijada 20 ta qishloqdagi maktablar yopildi.

Yirtqichdan qo‘rqish, aholini tungi patrullarni tashkil etishga majbur qildi. O‘tkir qurollar va tayoqlar bilan qurollangan odamlar qishloq ko‘chalarini qo‘riqlamoqda.

Hozirda Hindiston qurolli kuchlarining bir qismi ham leopardni qidirishga qo‘shildi. Askarlarga hayvonni zararsizlantirish vazifasi yuklatilgan.

Qidiruvda 10 ta guruhda 90 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda.

Leopard qurbonlari 5 va 16 yoshli ikki qiz, 65 yoshli ayol va ruhoniy edi. Yaqin atrofda chorva mollari bo‘lsa-da, leopard odamlarga hujum qilishni afzal ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!