Evroittifoq Xitoy bilan savdo urushini boshladi

Evroittifoq Xitoy bilan savdo urushini boshladi

Evropa Ittifoqi bir necha oylik o‘ylanishlardan keyin Xitoy bilan keng ko‘lamli iqtisodiy urushni boshlashga qaror qildi. YEI Xitoyda ishlab chiqarilgan arzon va zamonaviy elektromobillarga boj joriy etmoqda, deb xabar beradi BBC.

Bojlarga nafaqat xamon, konyak va boshqa Yevropa mahsulotlarini taqiqlashni ko‘rib chiqayotgan Xitoy, balki Yevropaning asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchisi — Germaniyaning avtomobil zavodlari ham qarshi chiqqan. Ammo Yevrokomissiya masalani YEIga a’zo 27 ta davlat o‘rtasida ovozga qo‘ydi va 4 oktyabr kuni ular savdo urushini boshlashni ma’qulladi.

G‘arb global isishning asosiy sababi — issiqxona gazlariga qarshi kurashish uchun benzinga bo‘lgan talabni kamaytirish yo‘lida transportni elektrlashtirishni maqsad qilgan bo‘lsa ham, Xitoy elektromobillarining kirib kelishini cheklash uchun kurashmoqda.

AQSh va Yevropa Xitoyni o‘z avtomobil sanoatiga subsidiya ajratayotganlikda ayblamoqda. Xitoy esa mazkur ayblovlarga qo‘shilmay, G‘arb shunchaki halol raqobatda xitoylik mehnatkash ishchilar va muhandislarga yutqazib qo‘yayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, sayyoradagi eng kuchli iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasidagi yangi savdo urushi har qachongidan ham keskin. Jahon iqtisodiyotining 17 foizi Xitoy va Yevropa Ittifoqi hisobiga to‘g‘ri keladi, joriy yilda erishilgan umumiy mablag‘ 110 trillion dollardan oshadi. AQShda esa mazkur ko‘rsatkich 25 foizdan ziyod.

AQSh Xitoy uchun o‘z bozorini 2024 yil may oyida deyarli yopgan edi — mamlakat Xitoy avtomobil sanoatining barcha turdagi mahsulotlari importi uchun 100 foizli boj joriy etgan. Yaqinda esa Oq uy kelajakda barcha mashinalarga o‘rnatilgan Xitoy yoki Rossiya dasturiy ta’minotlaridan voz kechishini ma’lum qilgandi.

Evropa Ittifoqi esa raqobatni ancha ehtiyotkorlik bilan boshladi. YEI avvaliga 2023 yili adolatsiz raqobatga oid shubhalarni tekshirishni boshladi, bir yildan keyin esa Xitoy elektromobillari uchun bojni amaldagi 10 foizdan 30 foizga oshirishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!