Tashkent City'dagi 3 ta biznes markazlari xorijiy investorlarga sotiladi

Tashkent City'dagi 3 ta biznes markazlari xorijiy investorlarga sotiladi

Avgust oyida “Aloqabank”, “Asakabank” va “O‘zsanoatqurilishbank”ning ofis binolari sotuvga qo‘yilgandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Bir qator marketing tadbirlaridan so‘ng 4 nafar investordan qiziqish bildirildi. Ular orasida Yevropa Ittifoqi, BAA va Turkiya kompaniyalari ham bor, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bu 3 ta biznes markazlarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish uchun KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi, Deloitte xalqaro kompaniyasi esa mustaqil baholovchi sifatida jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!