Abduqodir Husanov Yamal va Bellingem bilan bir safda (foto)

Abduqodir Husanov Yamal va Bellingem bilan bir safda (foto)

Taniqli SofaScore sport portali sentyabr oyi uchun 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchilar reytingini taqdim etdi. Portalning ramziy jamoasiga 11 nafar futbolchi kiritildi.

Eng yaxshilar orasida top klublarning mashhur futbolchilari bor. Masalan, jamoadan Xavi Simons (“RB Leypsig”), Lamin Yamal (“Barselona”) va Jud Bellingem (“Real”) o‘rin olgan. Shu bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov (“Lans”) ham eng yaxshilar qatorida e’tirof etilgan.

Abduqodir Husanov Yamal va Bellingem bilan bir safda (foto)

20 yoshli himoyachi joriy mavsumda klubning asosiy himoyachisiga aylandi va mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Avvalroq Husanovga Fransiyaning “PSJ” klubi qiziqayotgani haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!