Tojikiston Rossiyadagi fuqarolaridan xavotirda

Tojikiston Rossiyadagi fuqarolaridan xavotirda

Tojikiston hukumati “Rossiyadagi migrasiya maydonini tartibga solish” jarayonida azob chekayotgan respublika fuqarolari bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda, dedi mamlakat bosh vaziri Kohir Rasulzoda.

Bunday bayonot Dushanbedagi ikki mamlakat hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishida e’lon qilindi. Bosh vazirning ta’kidlashicha, Tojikiston fuqarolariga kirishni taqiqlash va deportasiya qilish faktlari xavfsizlik nuqtai nazaridan kuzatilmoqda.

Kohir Rasulzoda ikki mamlakatning do‘stona munosabatlarida o‘zaro tushunishni kuchaytirish va iqtisodiyotga foyda keltirish uchun migrasiyaning o‘zaro ta’siri bo‘yicha samarali yechimlarga o‘tishni taklif qildi.

Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Marat Xusnullin komissiya yig‘ilishidan so‘ng Rossiyada noqonuniy migrasiya bo‘lmasligini hamda Rossiya va Tojikiston mehnat resurslari bo‘yicha ishlar mutlaqo qonuniy ravishda amalga oshirilishini aytib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!