Toshkentda “Cobalt” va “Changan” ishtirokida YXT sodir bo‘ldi

Toshkentda “Cobalt” va “Changan” ishtirokida YXT sodir bo‘ldi

Yo‘l transport hodisasi oqibatida “Cobalt” va “Changan” rusumli avtomashina haydovchilari olgan tan jarohati tufayli birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 3-oktyabr kuni soat 19:40 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasi 128-uy qarshisida haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan Z.N. boshqaruvida bo‘lgan “Changan” rusumli transport vositasi va haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!