Aliyev: «Amerikaliklar Afg‘onistondan qochib ketishi bilanoq...»

 Aliyev: «Amerikaliklar Afg‘onistondan qochib ketishi bilanoq...»

4 oktabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Jabrayl aholisi bilan uchrashuvda AQShning o‘z mamlakatiga qarshi sanksiyalari borasidagi siyosatini tanqid qildi. Uning eslatishicha, Amerika Ozarbayjonga qarshi 1992 yilda, mamlakat hududini yo‘qotayotgan paytda sanksiyalar kiritgan va 2001 yilda ularni bekor qilgan.

Aliyev sanksiyalarning bekor qilinishini AQShning Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarini boshlashi bilan bog‘ladi. «Ularning ishg‘ol faoliyati Afg‘onistonda boshlangani uchun bosqinchilik urushi boshlandi va ular bizga kerak edi. Ular Afg‘onistonda qolar ekan, bu sanksiyalar har yili AQSh prezidenti tomonidan bekor qilinardi», — dedi Ozarbayjon rahbari.

Ozarbayjon prezidenti, shuningdek, Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilganidan so‘ng, sanksiyalar qayta joriy etilganini ta’kidladi. «Ular Afg‘onistondan qochgan zahoti butun dunyo ko‘z o‘ngida bizga qarshi sanksiyalar yana joriy etildi. Shunchalik noshukr bo‘lish mumkinmi?!» deb jahli chiqdi.

❕ Ta’kidlash joizki, 2001 yilda sanksiyalarning bekor qilinishi Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar va AQSh tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq edi. Ozarbayjonning strategik pozisiyasi hisobga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!