Ostonada O‘zbekiston savdo majmui ochiladi

Ostonada O‘zbekiston savdo majmui ochiladi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining Qozog‘iston Respublikasidagi vakolatxonasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi.

Jamg‘armaning ijrochi direktori Miraziz Isakovning ta’kidlashicha mazkur vakolatxonaning asosiy vazifasi qo‘shni davlat bozorida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, xorijiy hamkorlarni topish, mahalliy brendlari reklamasini ta’minlash,shuningdek, ko‘rgazma, yarmarka, tender savdolari va boshqa tadbirlarda o‘zbek tadbirkorlaning ishtirokini tashkillashtirishdan iborat.

Shuningdek, qozog‘istonlik hamkorlarning O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish, ularning yurtimiz tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi. Ana shu maqsadda vakolatxona qo‘shni davlat ishbilarmon doira vakillarining yurtimizda biznes yuritish uchun sharoitlar haqidagi ma’lumotlar bilan kengroq tanishtirib borish orqali ularning O‘zbekistonga sarmoyalarni kiritishga jalb qilishda faol ishtirok etadi.

Darvoqea, Jamg‘armaning vakolatxonasi tashabbusi bilan Ostona shahrida O‘zbekiston savdo majmuini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Qozog‘istonlik hamkorlar bilan ushbu savdo majmuida o‘zbekistonlik eksportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Majmuaning birinchi qavatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olsa, yuqori qavatlarda mebel va to‘qimachilik, gilam va boshqa sanoat mahsulotlari joy oladi. Bu esa, mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish bilan birgalikda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!