Oqqo‘rg‘onda mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o‘ldirdi

Oqqo‘rg‘onda mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o‘ldirdi, deb xabar bermoqda «Postda.uz».

Ma’lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o‘z uyiga taklif qilgan. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda mast holdagi D.X. hamda M.R.ning birga yashagan 64 yoshli otasi M.R. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

O‘zaro janjal paytida esa ayol M.R.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib, voqea joyidan qochib ketgan. M.R. olgan jarohati oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!