Oltiariq tumanida 219,3 mln so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Oltiariq tumanida 219,3 mln so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.S.” hamda “I.Y.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari “M.B.” xususiy korxonasi rahbari R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu fermer xo‘jaliklari yer maydonlariga haqiqatda o‘rnatilmagan 14 629 dona shpalerlar uchun jami 219,3 mln so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni “M.B.” xususiy korxonasi orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!