Oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Treningda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova, vazirlik axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Amrullo Karimov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti katta o‘qituvchisi Sardor Oripov tomonidan axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish, inqirozli vaziyatlarda tashkilot nufuzini saqlash, tashkilotning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish mavzularida chiqishlar qilindi.

Tadbirda bugungi globallashuv jarayonlarida oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari oldiga qo‘yilgan vazifalar, xususan, muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish zarurligi alohida qayd etildi.

Seminar yakunlariga ko‘ra AOKA bilan hamkorlikda hududlardagi oliy ta’lim muassasalari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishga kelishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!