Olimpiadada argentinalik futbolchini tunab ketishdi

Olimpiadada argentinalik futbolchini tunab ketishdi

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari vaqtida argentinalik futbolchidan 50 ming yevro o‘g‘irlab ketildi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Maskerano Marokash bilan o‘yindan so‘ng (1:2) Tiago Almada talon-taroj qilinganini aytgandi.

BFM TV xabariga ko‘ra, futbolchidan umumiy qiymati 50 ming yevrolik taqinchoqlar o‘g‘irlangan. Kiyinish xonasidan buyumlar o‘g‘irlangan. Qayd etilishicha, voqea joyida bostirib kirish belgilari yo‘q.

Yaqin orada “Botafogo” yarim himoyachisi yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi shikoyat arizasi bilan murojaat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!