Olimlar: Niqob koronavirus tarqalishini 40 foizgacha sekinlashtirishi mumkin

Olimlar: Niqob koronavirus tarqalishini 40 foizgacha sekinlashtirishi mumkin

Germaniyaning Mehnat iqtisodiyoti instituti tadqiqotchilari niqob taqish samaradorligini aniqladi. Niqob koronavirus tarqalishini 40 foizgacha sekinlashtirishi mumkin. 

Olimlar birinchilardan bo‘lib jamoat transportida va do‘konlarda niqob kiyishning majburiy tartibini joriy qilgan Germaniyaning IYEna shahridagi epidemiologik vaziyatni o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, 20 kun ichida IYEnada yangi holatlar soni 25 foizga, 60 yoshdan oshgan odamlar orasida esa 50 foizga kamaydi. Bu tartibni kechroq joriy qilgan aholi yashash punktlarida virus jadal tarqagan. Ayniqsa, yirik shaharlarda maskaning samarasi yaqqol sezilgan. 

Xuddi shunday tadqiqotni britaniyalik olimlar ham o‘tkazishgan. Unga ko‘ra, agar aholining kamida 50% maska taqsa, koronavirus R0 (bazaviy reproduktiv son) birdan past bo‘lar ekan. Soddaroq tushuntirilsa,  koronavirus yuqtirgan 10 kishidan virus yuqtirganlar soni 10 nafardan kamroq bo‘ladi.

Demak, kun issiq, nafasim qaytayapti, demasdan, to vaksina chiqib, ommalashmaguncha, maska taqishni kanda qilmaslik lozim.

Yaxshi yangilik. Oksford universiteti olimlari deksametazon steroidi koronavirus og‘ir o‘tayotgan bemorlarga yordam berishini aniqlashdi. Ular mazkur preparatni 2 mingdan ortiq bemorda sinovdan o‘tkazishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur dori sun’iy nafas olish apparati(IVL)da bo‘lgan bemorlarda o‘lim riski 40%dan 28%ga, kislorod maskasida bo‘lgan bemorlarda esa 25%dan 20%ga kamaygan. Deksametazon bilan davolash 10 kun davom etishi mumkin. Dori kasallikning yengil formasi bilan og‘riganlarga yordam berishi ehtimoli kam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!