Olimlar 25 soniyada koronavirusni yo‘q qilish usulini topishdi

Olimlar 25 soniyada koronavirusni yo‘q qilish usulini topishdi

Boston universitetidagi yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasida olimlar maxsus yoritkichlardan olingan ultrabinafsha nurlar SARS-CoV-2 koronavirusini tezda yo‘q qilishini aniqlashdi, deb xabar beradi NTV.

Mualliflardan biri, doktor Entoni Griffitsning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar virus bilan ifloslangan materialga turli dozalarda ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berishgan va virusni zararsizlantirish uchun qancha nurlanish kerakligini hisoblashgan.

Aniqlanishicha, 5 mJ/sm2 dozada virus tarqalishi olti soniyada 99 foizga kamaygan. 22 megajoulga ko‘paytirilganda esa virus 25 soniya ichida butunlay yo‘q bo‘lib ketgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!