OFK G‘azoda vafot etgan falastinlik hakamga hamdardlik bildirdi

OFK G‘azoda vafot etgan falastinlik hakamga hamdardlik bildirdi

Falastinlik futbol hakami va uning oilasi mintaqadagi janglar tufayli halok bo‘ldi.

Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) laynsmen Muhammad Xattob, uning rafiqasi, to‘rt nafar farzandi va boshqa oila a’zolari Isroilning G‘azo sektoridagi Dayr al-Bala shahriga uyushtirgan hujumida halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Tashkilot prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa hakamning oilasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Muhammad Xattob va uning oilasining dahshatli o‘limi haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi va hayratda qoldirdi.

Biz Falastin futbol assosiasiyasi bilan birgamiz, bu yo‘qotish uchun motam tutamiz”, dedi tashkilot rahbari.

OFK va qolgan Osiyo futbol jamoatchiligining fikrlari va duolari Muhammad Xattobning yaqinlari va Falastin futbol oilasi uchun ushbu og‘ir qayg‘u davrida madad bo‘lsin”, — deyiladi konfederasiya bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!