Odil Ahmedov: "Arsenal" va "Nissa"dan taklif bo‘lgani rost

Odil Ahmedov: "Arsenal" va "Nissa"dan taklif bo‘lgani rost

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va Shanxay SIPG klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionatida to‘p surayotgan paytda Yevropadan takliflar bo‘lganini tasdiqladi.

Xitoyga ketishingizdan oldin Yevropadan, xususan Fransiya chempionatidan taklif bo‘lgani haqida xabarlar chiqqandi. Shu to‘g‘rimi?
Ha, to‘g‘ri. Nissa ga o‘tish varianti bor edi. Ammo Shanxay bildirgan taklif, meni ham, o‘sha paytdagi klubim Krasnodar ni ham to‘la qoniqtirgandi. Shu sabab, Xitoyga ketishga qaror qilgandim.

Anji da to‘p surayotgan paytingizda Londonning Arsenal jamoasidan taklif bo‘lgani haqida mish-mishlar yurardi. Bu haqiqatga qanchalar yaqin?
Ha, shunaqasi bo‘lgandi. Anji ga taklif kelib tushgan, ammo o‘sha paytda maxachqal’aliklar klubi katta loyiha edi va oldiga juda katta maqsadlarni qo‘ygandi. Menga klubning muhim futbolchisi sifatida qararashar edi, - deydi Ahmedov Izvestiya nashriga bergan intervyusida.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!