OCHL. «Nasaf» «Al-Ayn»ga alamli mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi

OCHL. «Nasaf» «Al-Ayn»ga alamli mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi

Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinal javob o‘yini doirasida «Nasaf» Birlashgan Arab Amirliklarida «Al-Ayn»ga alamli tarzda mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi.

Qarshidagi uchrashuvda durang (0:0) qayd etilgach, bu bahs g‘olibi chorakfinalga yo‘llanma olardi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Akmal Mozgovoy «Nasaf»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Kojo Laba ajoyib goli bilan muvozanatni tikladi – 1:1.

90+2-daqiqada esa al-aynliklarning hujumi gol bilan yakunladi. Rahimiyning zarbasini Abduvohid Ne’matov qaytarib qololmadi va mezbonlar kambek qayd etishdi – 2:1.

Shu tariqa, «Nasaf» OCHL-2023/24 yilgi mavsumini nimchorakfinalda yakunladi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir klub «Navbahor» esa ertaga, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida «Al-Ittihod»ga qarshi saf tortadi. Dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!