OAV: Belgiya va Buyuk Britaniya bosh vazirlarining avtomobillari avtoxalokatga uchradi

OAV: Belgiya va Buyuk Britaniya bosh vazirlarining avtomobillari avtoxalokatga uchradi

Belgiya va Buyuk Britaniyaning bosh vazirlari Sharl Mishel va Tereza Meyning avtomobillari avtohalokatga uchradi, deya xabar beradi DH.be o‘z manbalariga tayanib.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Belgiyaning Mons shahri yaqinidagi YE42 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
U yerda siyosatchilar Birinchi Jahon urushi tugaganining 100 yilligini nishonlash uchun o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida harbiy qabristonni ziyorat qilish uchun borishgan.

Hukumat korteji tarkibida bo‘lgan polsiya motosikllari yo‘lidan chiqqan avtomobil, motosikllarga kelib urilgan. Ikki nafar huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari jarohat olgan va ular kasalxonaga yotqizilgan.

Belgiya polisiyasi matbuot xizmati hali nima bo‘lganini tasdiqlamadi.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!