Nurmuhamedov navbatdagi jang oldidan qanday va’da berdi?

Nurmuhamedov navbatdagi jang oldidan qanday va’da berdi?

Bugun, 6 iyul kuni Rossiyalik aralash kurash jangchisi (MMA) Habib Nurmuhamedov matbuot anjumani vaqtida amerikalik sportchi Dastin Porye bilan o‘tadigan jang haqida gapirdi.

“O‘tgan jangda nima qilganim yodingizdami? Unvonni himoya qildim. Abu-Dabida ham huddi shunday qilaman. Biroq bu safar oktagondan sakrashsiz bo‘ladi. Raqibimga kelsak, Porye juda yaxshi jangchi. Uning bokschilik ko‘nikmalari yaxshi rivojlangan va harakati ham tez”, degan rossiyalik sportchi.

Nurmuhamedov mutlaq janglar chempionati (UFC) chempioni hisoblanadi. O‘tgan yilning oktyabr oyida Habib irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangda g‘alaba qozondi. Jangdan keyin mushtlaushuv boshlandi. Nurmuhamedov oktagondan sakrab chiqib, Makgregor jamoasidagilar bilan janjallasha ketgandi. Natijada Nurmuhamedov 9 oyga, Makgregor 6 oyga diskvalifikasiya qilingandi.

Nurmuhamedov va Poryening jangi 7 sentyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. 30 yoshli Habib professional karyerasidagi 27 jangning barida g‘alaba qozongan. Porye 25 marta g‘alaba qozonib, 5 marta mag‘lub bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!