Nur-Sultondagi shifoxonaning Xitoy va O‘zbekistondagidan farqi nimada? 

Nur-Sultondagi shifoxonaning Xitoy va O‘zbekistondagidan farqi nimada? 

BI Group kompaniyasi rahbari Aydin Raximbayev Qozog‘istonda koronavirusga infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun qurilayotgan kasalxonaning asosiy xususiyatlarini tushuntirib berdi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Biz qurayotgan shifoxona va Xitoydagi shifoxona o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, bizdagi – keyin ham foydalaniladigan stasionar kasalxona. Xitoy ham epidemiyani to‘liq baholab bo‘lgach, bir oydan keyin qurilishni boshladi. Chunki ular qancha joy kerakligini hisoblab chiqdi. Ular tayyor modullardan foydalandi», - dedi Aydin Raximbayev qurilish maydonchasi yaqinida jurnalistlarga.

O‘zbekiston sharoitida esa ob-havo muhim rol o‘ynadi.

«Hozir Toshkentda havo iliq. Shuning uchun u yoqda doimiy kasalxona qurishning keragi ham yo‘q, konteyner shaharcha orqali masalani hal qilish mumkin. Ammo bizning vazifamiz boshqacha. Vaqtinchalik kasalxona qurish va uni yana buzish biz uchun samarasiz. Shuning uchun Hukumat to‘g‘ri qaror qabul qildi va tezkorlik bilan stasionar yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurish haqida qaror qabul qildi», - dedi A.Rahimbayev. Eslatib o‘tamiz, bungacha Qozog‘istonning uchta shahrida yuqumli kasalliklar shifoxonasini qurish haqida qaror qabul qilinganini, Nur-Sultonda 10-12 kunda qurib bitkaziladigan stasionar yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilishi boshlanganini xabar qilgandik.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!