Nukusda “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

Nukusda “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

🏢 Qarorga ko‘ra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.

☑️ Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazi huzurida o‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi ochiladi.

🗾 Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari elektron xaritalanib, ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

🔎 Shaxslarning yuzi bo‘yicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.

✅ Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik sho‘r suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.

💧Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, g‘alla, kunjut, makkajo‘xori va chorva ozuqasi ekinlarini sug‘orishda yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy etiladi.

➡️ Sinov laboratoriyalari modernizasiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish bo‘yicha logistika xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Shuningdek, sho‘rlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy ta’lim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!