Novak Jokovich 30 million dollar yo‘qotishi mumkin

Novak Jokovich 30 million dollar yo‘qotishi mumkin

Sayyoramizning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich vaksinasiyaga bo‘lgan munosabati tufayli homiylardan tushadigan 30 million dollarni yo‘qotishi mumkin.

Bu haqda Tennis Head nashri xabar bermoqda.

Sportchiga homiylik qilayotgan kompaniyalar Avstraliyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Agar u vaksinasiyaga qarshi chiqqan deya topilsa, ular Jokovich bilan hamkorlikni to‘xtatishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jokovich Avstraliyadagi vizasi bekor qilingani bo‘yicha sudda g‘alaba qozongan edi. Biroq u hali ham deportasiya qilinishi mumkin degan xabarlar ham tarqaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!