Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi va nufuzli musobaqaning saralash bosqichi g‘olibiga aylandi

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi va nufuzli musobaqaning saralash bosqichi g‘olibiga aylandi

Germaniyada Fisher shaxmat bo‘yicha "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri o‘z yakuniga yetdi.

Bugungi kunning eng kuchli 8 nafar grossmeysteri o‘rtasida tashkil etilgan bahsda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.

Yurtdoshimiz 8 ta tur yakuniga ko‘ra, 5,5 ochko jamg‘ardi va musobaqaning saralash bosqichi g‘olibiga aylandi.

U so‘nggii turda Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.

Nodirbek musobaqa davomida Alirizo Firudja, Magnus Karlsen, Gukesh va Ding Lirenni mag‘lub etgan bo‘lsa, Vinsens Keymer, Fabiano Karuana, Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi.

Endi u asosiy bahslarni 1-o‘rin sifatida boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!