Nissadagi cherkovda ayol kishining boshini olgan shaxsning yonidan pichoq, telefon va Qur’on topildi

Nissadagi cherkovda ayol kishining boshini olgan shaxsning yonidan pichoq, telefon va Qur’on topildi

Nissadagi cherkovga hujum qilgan odamning yonidan pichoqlar, Qur’on va ikkita mobil telefon topildi, deb xabar bermoqda  Fransiya aksilterror prokuraturasi rahbari Jan-Fransua Rikard.

Rikardning so‘zlariga ko‘ra, tajovuzkorga tegishli sumkada yana ikkita pichoq va 1999 yilda tug‘ilgan Tunis fuqarosi nomiga berilgan Italiya Qizil xoch tashkiloti hujjati topilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni Nissa shahridagi Notr-Dam cherkovida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir nechta cherkov xizmatchilari jarohat olishdi. Hujum qilgan shaxs hibsga olish paytida jarohat oldi, u kasalxonaga yotqizildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!